Krishtianu Ronaldu o‘zini yangi ampluada ko‘rsatadi. The Sun nashri xabariga ko‘ra, 41 yoshli hujumchi Britaniya futboli haqidagi dramatik serialda suratga tushishga rozi bo‘lgan.
Ronaldu serialning ijrochi prodyuseri sifatida namoyon bo‘ladi, ammo shu bilan birga kadrda ham ko‘rinish beradi. Serial suratga olish ishlari allaqachon boshlangan. Syujet markazida Damien Lyuis gavdalantiradigan o‘ylab topilgan futbol agenti obrazi bo‘ladi.
Manbaning qayd etishicha, loyihada futbol olamining yana bir yulduzi — Tyerri Anri ham ishtirok etadi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0