Manbaning yozishicha, «Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso yangi transfer maqsadini belgilab oldi.
Mutaxassis jamoasida «Real»ning chap qanot himoyachisi Alvaro Karrerasni ko‘rishni istamoqda. Futbolchi Alonso davrida «Benfika»dan «Real»ga o‘tgan edi. Igrokning mehnat shartnomasi 2031 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ispaniyalik futbolchining qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.
Umumiy hisobda Alvaro Karreras «Real» safida 40 ta uchrashuv o‘tkazgan. Ularda himoyachi ikkita gol urdi va uchta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0