Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) rasmiy saytida 2026 yilgi Jahon chempionatining eng chiroyli goli muallifi nomi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Kabo-Verde terma jamoasi himoyachisi Sidni Kabralning Argentina darvozasiga urgan to‘pi turnirning eng go‘zal goli deb tan olindi.
Eslatib o‘tamiz, turnirning 1/16 final bosqichida Kabo-Verde qo‘shimcha bo‘limlarda Argentinaga 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. O‘yinning 103-daqiqasida 23 yoshli Kabral jamoasining ikkinchi golini kiritib, hisobni tenglashtirgan va futbol jamoatchiligi hamda muxlislarda ulkan taassurot qoldirgandi.
Afrikalik futbolchining ushbu goli muxlislar o‘rtasidagi ovoz berish jarayonida O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov hamda Gaiti vakili Vilson Izidorning gollarini ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.
«O‘yindan so‘ng menga Marselodan xabar keldi. U mening asosiy kumirlarimdan biri hisoblanadi. U menga turnirdagi eng yaxshi gol uchun ovoz berganini aytdi! Bunga ishona olmadim», — dedi Sidni Kabral o‘z taassurotlari bilan bo‘lishib.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0