Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Xulian Alvares klub rahbariyati bilan uchrashuv so‘radi, deya xabar berdi insayder Jerar Romero.

Manbaga ko‘ra, "matraschilar" buni rad qildi va o‘yinchi bilan 10 avgustga qadar uchrashishni istamaydi.

Futbolchi o‘sha kuni ta’tilni yakunlab, klub mashg‘ulotlariga qaytishi kerak.

Manba: Stadion.uz