«Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Chicharito nomi bilan tanilgan Xavyer Ernandes yaqin orada YUSL Chempionship divizionidagi AQSHning «Atletiko Dallas» klubi safini to‘ldiradi. Bu haqda jurnalist va insayder Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar bermoqda.
Chicharito «Atletiko Dallas» tarixidagi birinchi transfer bo‘ldi — bu ligada 2028 yilda debyut qilishni rejalashtirayotgan yangi YUSL franshizasidir. Futbolchi jamoada 2027 yildan boshlab o‘ynashni boshlaydi, ammo hozirning o‘zidayoq klubning rivojlanishida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, Meksika terma jamoasining sobiq a’zosi 2010 yildan 2020 yilgacha Yevropa klublarida, jumladan «Manchester Yunayted», Madridning «Real», Leverkuzenning «Bayer» va «Sevilya» jamoalarida to‘p surgan.
YUSL Chempionship MLS’dan so‘ng AQSHdagi ikkinchi kuchli divizion hisoblanadi, ammo bu ligalar o‘rtasida quyi divizionga tushib ketish va yuqoriga ko‘tarilish tizimi mavjud emas.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0