Italiya futbol federasiyasi (FIGC) texnik direktori Paolo Maldini va uning maslahatchisi Leonardo iste’foga chiqmoqda, deb xabar bermoqda Sky Sport.

Bu haqda bevosita FIGC prezidenti Jovanni Malago xabardor qilingan. Har ikki mutaxassis bor-yo‘g‘i 16 kun oldin rasman o‘z vazifasini bajarishga kirishgan edi.

Avvalroq Futbol federasiyasi Maldini va Leonardo tomonidan Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga ilgari surilgan Andrea Pirlo nomzodini rad etgan edi. Ushbu tayinlovni Rossiya bukmeykerlik kompaniyasi bilan hamkorlik murakkablashtirib yuborgan.

Xabar qilinishicha, bu vaziyat Maldini uchun mutlaqo kutilmagan hol bo‘lgan. Paolo futboldan tashqari sabablar murabbiy tanloviga ta’sir qilishi mumkinligiga tayyor emas edi. «Milan»ning sobiq himoyachisi madaniy-futbolga oid bo‘lmagan omillar ta’sir o‘tkazmasligi va aynan o‘zi Italiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyini mustaqil tanlashi bo‘yicha kafolatlar olganidan so‘nggina texnik direktorlik lavozimiga rozi bo‘lgani ma’lum.

Manba: Stadion.uz