Opta portali dunyodagi barcha jamoalarning o‘rtacha ko‘rsatkichlari hamda top-klublar darajasiga asoslangan eng kuchli futbol ligalari reytingini yangiladi. Unga ko‘ra, Angliya Premyer Ligasi peshqadamlikni saqlab qolgan bo‘lsa, O‘zbekiston Superligasi yuztalikdan chiqib ketgan.
Reytingga ko‘ra, jahonning eng kuchli ligalari o‘nligidan Yevropaning “kuchli beshlik” chempionatlari joy olgan. Ammo e’tiborli tomoni shundaki, reytingning yuqori o‘nligiga Braziliya va Argentina chempionatlari, shuningdek, Angliyaning ikkinchi darajali divizioni hisoblangan Chempionship ham kiritilgan.
Jahonning eng kuchli 10 ta ligasi:
1. Angliya Premyer Ligasi — 92,3 ball (o‘rni o‘zgarmadi)
2. Ispaniya La Ligasi — 86,9 ball (+1 pog‘ona)
3. Germaniya Bundesligasi — 86,7 ball (+1 pog‘ona)
4. Italiya A Seriyasi — 86,6 ball (-2 pog‘ona)
5. Fransiya Liga 1 — 86,0 ball (o‘zgarmadi)
6. Braziliya A Seriyasi — 84,8 ball (o‘zgarmadi)
7. Argentina Professional Ligasi — 83,3 ball (+2 pog‘ona)
8. Belgiya Yupiler Pro Ligasi — 82,7 ball (o‘zgarmadi)
9. Portugaliya Primeyra Ligasi — 82,1 ball (+1 pog‘ona)
10. Angliya Chempionshipi — 82,0 ball (-3 pog‘ona)
Reytingda O‘zbekiston Superligasi avvalgi natijasidan 8 pog‘onaga pastlab, 68,6 umumiy ball bilan jahonda 105-o‘ringa joylashdi. Markaziy Osiyodagi boshqa chempionatlardan Qozog‘iston Premyer Ligasi 3 pog‘ona yuqorilab, 74-o‘rinni (70,9 ball) band etgan.
Osiyo mintaqasi miqyosida olib qaralganda, Yaponiyaning J-1 Ligasi yaqqol peshqadam hisoblanadi. Ushbu liga jahon reytingida 14-o‘rinni (80,1 ball) egallab turibdi.
Osiyo mintaqasining eng kuchli kuchli 3 ta ligasi:
14-o‘rin. Yaponiya J-1 Ligasi — 80,1 ball
31-o‘rin. Janubiy Koreya K-Ligasi 1 — 78,6 ball
42-o‘rin. Saudiya Arabistoni Proligasi — 75,6 ball
Ma’lumot uchun, tahlilchilar ligalar darajasini belgilashda raqobatbardoshlik va o‘yinlarning umumiy sifatini baholagan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0