OKMK hamda "Mash’al" o‘rtasidagi Superliganing 14-tur o‘yinidan (2:1) so‘ng mehmonlar ustozi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

“Biz uchun og‘ir o‘yin bo‘ldi. OKMK o‘yinda total ustunlikka ega bo‘lishini bilardik. Ketma-ket uchinchi bahs himoyadan o‘ynashga harakat qilyapmiz. Boshqa yo‘limiz ham yo‘q. Keraksiz chetlatish sodir bo‘ldi, ammo futbolda shunaqasi ham bo‘lib turadi. Hozir siqilishdan foyda yo‘q. Bu o‘yin ortda qoldi, Superligada jon saqlab qolish uchun oldimizda 10ta bahs bor.

- “Mash’al” ikkinchi davrani juda yaxshi boshladi. Hozirgi og‘ir sharoitda jamoa motivasiyani qayerda olyapti?
- Bilmayman. Biz motivasiya oldik deb o‘ylamayman. Yigitlarga o‘z taklifimizni berdik, ular qabul qilishdi. Yigitlarga zarracha e’tiroz yo‘q. Birinchi o‘yin yaxshi bo‘ldi, ikkinchi bahsda ba’zi kamchiliklarga yo‘l qo‘ydik. Bugun bitta vaziyatdan tashqari deyarli himoyada o‘ynadik. Biz oxrigi 10ta turga reja qilganmiz. Sentyabrdan boshlab bor kuchni ishga solishga harakat qilamiz. Hozir yigitlar ishlashyapti, o‘rganishyapti. To‘g‘ri xulosa chiqarsak, hammasi yaxshi bo‘ladi. Ortiqcha gapdan foyda yo‘q.

Manba: Stadion.uz