Italiya futbol federasiyasi vakillari mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzodlar qatoriga Paolo Vanolini ham kiritdi. Bu haqda MYACH RU xabar bermoqda.

Manbaning qayd etishicha, Vanolining tayinlanishi haqida gapirish hali erta, ammo muzokaralar bo‘lib o‘tayotgani fakt.

Ushbu mutaxassis ilgari Italiya o‘smirlar terma jamoalarida ishlagan, mamlakat asosiy terma jamoasi, «Chelsi» va «Inter»da assistent bo‘lgan. 2022 yilda Vanoli Moskvaning «Spartak» klubini boshqarib, Rossiya kubogini qo‘lga kiritgan, keyinchalik «Venesiya», «Torino» va «Fiorentina» klublarida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiyada Andrea Pirlo nomzodidan Rossiya bukmekerlik kompaniyalari bilan aloqasi sababli voz kechishgan edi.

Manba: Stadion.uz