«Barselona» «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodriga qiziqish bildirmoqda va futbolchining mumkin bo‘lgan transferi bo‘yicha allaqachon ma’lumot so‘radi. Bu haqda jurnalist Oriol Domenekga tayanib Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Kataloniya klubi tayanch yarim himoyasi pozisiyasini kuchaytirish uchun 30 yoshli futbolchini sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Qiziqishning asosiy sabablaridan biri sifatida Frenki de Yongning jarohati ko‘rsatilmoqda.
Rodrining «Manchester Siti» bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Hozircha tomonlar kelishuvni uzaytirish bo‘yicha bir qarorga kelishgani yo‘q. Bu vaziyatdan bir nechta top-klublar, jumladan, Madridning «Real» klubi ham foydalanib qolmoqchi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0