«Monsa» Gushtavu Varelaning transferini e’lon qildi.

21 yoshli hujumchi Italiya klubiga «Benfika»dan ko‘chib o‘tdi va 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga qo‘l qo‘ydi. Sky Sport ma’lumotiga ko‘ra, bitim summasi 2 million yevroni tashkil etdi, yana 1,5 million yevroni portugaliyaliklar bonuslar sifatida olishi mumkin.

O‘tgan mavsumda Varela ijara asosida «Jil Visente» sharafini himoya qildi. Portugaliya chempionatining 32 ta o‘yinida u 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: Stadion.uz