«Bayer» Fakundo Medinaning transferi bo‘yicha «Marsel» bilan muzokaralarni boshladi, deb xabar bermoqda Le Phocéen.

Klublar o‘rtasida hali kelishuvga erishilmagan bo‘lsa-da, Fransiya jamoasi rahbariyati himoyachining jamoadan ketishi mumkinligini istisno etmayapti.

Biroq ular futbolchini 20 million yevrodan arzonga sotish niyatida emas — o‘tgan yozda uni sotib olish uchun taxminan shuncha mablag‘ sarflangan edi.

«Bayer» avvalroq argentinalik futbolchi «Lans»da o‘ynab yurgan vaqtlarida ham unga qiziqish bildirgan edi.

Manba: Stadion.uz