FIFA rahbari Janni Infantino ba’zi voqealar va qarorlar (shu jumladan, o‘zining qarorlari) sababli biroz munozarali kechgan Jahon chempionatini himoya qilib chiqdi.
«Odamlar birga edi. Hech qanday zo‘ravonlik va ko‘ngilsiz hodisalar yuz bermadi, faqat quvonch va baxt hukm surdi. Ikki yuzdan ortiq mamlakatdan kelgan yetti milliondan ziyod insonning barchasi baxtiyor va xavfsizlikda bo‘ldi, turnirdan zavq oldi», — deydi Janni Infantino derbyderbyderby.it nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, o‘tkazilgan Jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasi g‘olib chiqdi. Ispaniyaliklar final o‘yinida argentinaliklarni kichik 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0