«Real» darvozaboni Tibo Kurtua Belgiya terma jamoasi safidagi o‘yinda olgan jarohati jiddiy emasligini va yaqin orada jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shilishiga xalaqit bermasligini aytdi.

«Endi hech qanday noqulaylik sezmayapman. O‘yin paytidayoq jiddiy narsa emasligini tushungan edim. Hamma hali ham ikki-uch hafta haqida gapirmoqda, ammo mashg‘ulotlarga qaytishimiz bilan men tayyor bo‘laman. Umuman og‘riq his qilmayapman», — deydi Kurtua.

34 yoshli belgiyalik posbon JCH-2026 chorak finalidan o‘rin olgan Ispaniyaga qarshi bahsda (1:2) jarohat olib, zaxiraga olingan edi. Hozirda futbolchi ta’tilda bo‘lib turibdi.

Manba: Stadion.uz