Germaniya terma jamoasi sport direktori Rudi Fyoller Argentina terma jamoasi ko‘rsatayotgan futbol uslubini qo‘llab-quvvatlamadi.
Murabbiy Lionel Skaloni boshchiligidagi jamoa JCH-2026 finaliga qadar yetib borib, qo‘shimcha bo‘limlarda Ispaniya terma jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
«Germaniya himoyada yaxshiroq o‘ynashi kerak. Ko‘plab odamlar argentinaliklarni misol qilib keltirishdi. Ammo men buni yomon misol deb hisoblayman. To‘satdan argentinaliklar etalonga aylanib qolishdi. Bu biroz riyokorona muhokama. Menga Argentina kabi o‘ynaydigan jamoaning keragi yo‘q. Buning futbolga hech qanday aloqasi yo‘q. Ha, ular amaldagi jahon chempionlari edi va o‘tgan turnirda ham finalga chiqishdi. Ammo nima uchun ko‘pchilik bu jamoani maqtashini tushunmayapman», — deydi Fyollerning so‘zlarini keltirgan Bild.
Germaniya terma jamoasi turnirning 1/16 final bosqichida Paragvayga (1:1, penaltilar bo‘yicha 3:4) imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etgan edi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0