Ispaniyalik jurnalist Pedro Pikeras mamlakatdagi migrantlarga bo‘lgan munosabat haqida fikr yuritayotib, «Barselona» va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamalni eslab o‘tdi.
«Jahon chempionati finali bo‘lib o‘tayotgan vaqtda hamma Lamin Yamalga tan berayotgan, uni yaxshi ko‘rar edi. Men ko‘chada edim, bayram qilinishini kuzatdim va odamlar Lamin Yamal uchun jinni bo‘lishayotgan edi. Oddiy odamlar ushbu terma jamoadagi qora tanli yoki oq tanli insonlarni bir-biridan ajratmaydi. Ular Ispaniyaga Argentinaga qarshi bahsda buyuk g‘alabani taqdim etgan o‘rnak bo‘ladigan yoshlarni ko‘rishdi. Odamlar ularning har biridan hayratda edi. Muammo [migrantlarga bo‘lgan munosabat] qayerdan kelib chiqayotganini barimiz yaxshi bilamiz. Bizga dunyo qanday bo‘lishi kerakligi haqida buzib ko‘rsatilgan tasavvurni, terisining rangi boshqacha bo‘lganlarga nisbatan sinfiy, irqchilik va kamsituvchi qarashlarni singdirishga harakat qilishmoqda. Go‘yoki oq tanli bo‘lish ilohiy narsadek. Bundan buyon hammasi faqat yomonlashib boradi», — dedi Pikeras RTVE efirida.
Yamal yakunlangan dunyo birinchiligining barcha 8 ta o‘yinida maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishdi. Germaniyada bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatida esa Lamin 7 ta o‘yinda ishtirok etgan, 1 ta gol urib, 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan (shu jumladan final o‘yinida ham).
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0