Iroq terma jamoasi hujumchisi Aymen Husayn faoliyatini O‘zbekistonda davom ettiradi.
Iraq Football Podcast xabariga ko‘ra, taniqli iroqlik forvard payshanba kuni Toshkentga kelib, amaldagi shartnoma shartlarini kelishib oladi va mamlakatimizning grand klubi — "Paxtakor" safiga qo‘shiladi.
Ikki tomonlama kelishuvga ko‘ra, futbolchi bilan 1+1 ko‘rinishidagi shartnoma imzolanishi rejalashtirilgan. Uning klubdagi yillik maoshi 1 million dollarni tashkil etadi.
Aymen Husaynning mazkur transferi "Paxtakor"ning Elit Chempionlar ligasidagi o‘yinlari oldidan tarkibini sezilarli darajada kuchaytirishi kutilmoqda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0