«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi sobiq himoyachisi Jerar Pike yangi mavsum oldidan kataloniyaliklar hamda «Real» o‘rtasidagi kuchlarni taqqosladi.

«Barsa» hali ham Madridning «Real» klubidan ustun, ayni vaqtda u kuchliroq. Oxirgi ikki chempionatdagi g‘alaba jamoaga muayyan maqom va mavqe beradi, bu esa mavsumni favorit sifatida boshlash imkonini taqdim etadi. Biroq buni maydonda yana bir bor isbotlash kerak bo‘ladi.

Futbolchilar va jamoa mavjud vaziyatga allaqachon moslashib bo‘lishgan. Gap barqarorlik haqida bormoqda — Flik jamoa bilan uchinchi yil ishlamoqda, futbolchilar esa uning ish uslubi va o‘yin tizimini to‘liq o‘zlashtirib olishgan. Bu ularga qo‘shimcha ustunlik beradi», — deydi Pikening so‘zlarini keltirgan Sport.es.

37 yoshli Pike kataloniyaliklar tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, ammo yoshlar jamoasidan so‘ng darhol «Manchester Yunayted»ga yo‘l olgan edi. To‘rt yildan so‘ng Kataloniya klubiga qaytib, jamoa safida jami 616 ta o‘yin o‘tkazgan, 53 ta gol urgan va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Manba: Stadion.uz