«Santos» klubi rahbariyati Neymardan jamoa ichidagi keskinliklarning oldini olish uchun omma oldida vazminroq bo‘lishni va o‘zini ortiqcha janjallardan yiroq tutishni so‘radi.

ESPN Brasil nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, klub mutasaddilari braziliyalik yulduz maydonda jamoadoshlari bilan tortishishni va ijtimoiy tarmoqlarda tanqidlarga javob qaytarishni to‘xtatishi lozim deb hisoblamoqda.

Biroq bu pozisiya futbolchining atrofidagilar orasida norozilik uyg‘otdi. Ular klub tomonidan tomonidan hech qanday «himoya» bo‘lmayotganidan va hujumchi jamoada yolg‘izlatib qo‘yilayotganidan xafa bo‘lishmoqda.

Yuzaga kelgan vaziyat sababli, 10-raqamli futbolchi amaldagi shartnomasini yil oxirigacha bajarishi, ammo 2027 yilgi mavsum uchun kelishuvni uzaytirmasligi kutilmoqda.

Manba: Stadion.uz