«Nyukasl» sobiq bosh murabbiyi Alan Pardyu Londonning «Arsenal» klubi Braziliya terma jamoasi va «Real» hujumchisi Vinisius Juniorga qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
«Bu juda hayratlanarli transfer bo‘ladi. Menimcha, ushbu o‘tish amalga oshadi. Futbolchining amaldagi shartnomasi tugashiga yana bir yil qoldi va «Real» hali ham u bilan kelishuvni uzaytirish bo‘yicha bir qarorga kelgani yo‘q.
«Kanonirlar»ning hozirgi tarkibida yagona ojiz nuqta bor — bu chap qanot hujumi. Agar men jamoa murabbiyi bo‘lganimda, Vinisius kabi vingerni sotib olishni xohlardim. «Arsenal»da qolgan barcha pozisiyalar mukammal shakllangan», — deydi mutaxassisning so‘zlarini keltirgan Metro.
Braziliyalik futbolchining «Real» bilan amaldagi shartnomasi kelgusi yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi. Vinisiusning transfer bozoridagi narxi 140 million yevroga baholanmoqda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0