Markaziy hujumchi Gonsalo Garsiya keyingi mavsumda ham Madridning «Real» klubida qolishi mumkin. Bu haqda Marca gazetasi xabar bermoqda.

Manbaning qayd etishicha, «qirollik klubi» bosh murabbiyi Joze Mourinyu ispaniyalik futbolchining jamoada qolishi tarafdori. «The Special One» tarkibda aynan shunday o‘yin xususiyatlariga ega boshqa hujumchi yo‘q deb hisoblaydi. Portugaliyalik mutaxassis o‘tgan mavsumda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lganiga qaramay, Gonsaloni Madridda qolishga ko‘ndirishni maqsad qilgan.

O‘tgan mavsumda Garsiya o‘z hisobiga 8 ta gol va 3 ta golli uzatma yozib qo‘ydi. 22 yoshli forvardning amaldagi shartnomasi 2030 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Manba: Stadion.uz