«Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flik chap qanot himoyachisi Jear Martinni markaziy himoya pozisiyasida «jahon darajasidagi» iqtidor deb e’tirof etganidan so‘ng, klubning yangi markaziy himoyachi qidirish ishlarini to‘xtatib qo‘ydi.

Cadena SER nashrining xabar berishicha, germaniyalik mutaxassis keyingi mavsumda ham himoya markazida Martin va Pau Kubarsi juftligini asosiy tarkibda o‘ynatishga to‘liq tayyor.

Flik tahliliy ma’lumotlar aynan shuni isbotlaydi deb hisoblaydi: asli chap qanot himoyachisi bo‘lgan Martin markaziy pozisiyada ham juda ajoyib harakat qilmoqda va chap oyoqda o‘ynashi bilan Kubarsiga taktik jihatdan mukammal sherik bo‘lib bermoqda.

Germaniyalik murabbiy o‘tgan mavsumda Martinni markaziy himoyaga o‘tkazish orqali katta tavakkalga qo‘l urgan edi, ammo ispaniyalik futbolchi yangi ampluasidagi ajoyib o‘yinlari bilan bildirilgan ishonchni to‘liq oqladi.

Oqibatda «Barselona» Alessandro Bastoni va Emerik Laport kabi transfer nishonlariga bo‘lgan qiziqishini so‘ndirib, mavjud barcha moliyaviy resurslarni yangi markaziy hujumchi sotib olishga yo‘naltirdi.

Shuningdek, Kataloniya grandi «Milan»ning Martin bo‘yicha qilgan so‘rovini rad etgan.

Manba: Stadion.uz