Arriyadiyah nashri xabariga ko‘ra, Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Joau Kanselu Jahon chempionatidan keyingi ta’tilni yakunlab, chorshanba kuni «Al-Hilol»ning Avstriyadagi mavsum oldi yig‘iniga qo‘shilishi rejalashtirilgan.
Saudiya Pro-ligasi grandi amaldagi shartnomasi tugashiga bir yil qolgan futbolchini sotishga to‘liq tayyor.
«Barselona» o‘tgan qishda Kataloniyadagi ikkinchi ijara muddatini muvaffaqiyatli o‘tkazgan — 23 ta o‘yinda 2 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan Kanseluni to‘liq sotib olish niyatida.
La Liga chempionlari Saudiya klubi bilan 10 million yevrolik transfer summasi bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan.
Kanselu o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida asosiy tarkibning muhim o‘yinchisiga aylanganidan so‘ng, Xansi Flik qo‘l ostida o‘ynashni davom ettirish istagini ochiq bildirgan.
Biroq, ikki klub o‘rtasidagi yakuniy moliyaviy kelishuv hali rasman to‘liq hal etilmagan.
Kataloniyaliklar kelasi mavsumda Kanselu va Alexandro Baldeni chap qanot himoyasidagi asosiy tanlov sifatida ko‘rishmoqda va ushbu pozisiya uchun transfer bozoridan boshqa futbolchi sotib olishni rejalashtirmayapti.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0