La Gazzetta dello Sport nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «Yuventus» vingeri Kenan Yildiz asosiy tarkibdan alohida tarzda maxsus tiklanish dasturi bo‘yicha shug‘ullanayotgani sababli, klubning yozgi mavsum oldi turnesida ishtirok etishi so‘roq ostida qolmoqda.
Turkiya terma jamoasi a’zosi Turinga («Kontinassa» bazasiga) qaytganidan beri bosh murabbiy Luchano Spalletti qo‘l ostidagi jamoaviy mashg‘ulotlarda hali ishtirok etgani yo‘q. U o‘tgan mavsumning yakuniy qismida va Jahon chempionatida o‘ziga xalaqit bergan tizza paylarining yallig‘lanishi (tendinopatiya) va boldir mushaklaridagi muammolardan xalos bo‘lishda davom etmoqda.
«Byankonerilar» tibbiy va murabbiylar shtabi hujumchi 23 avgust kuni start oladigan A Seriyaning ochilish o‘yiniga 100 foiz tayyor bo‘lishini ta’minlash uchun o‘ta ehtiyotkorlik bilan harakat qilishmoqda.
Shu sababli, jarohatning qaytalanishi xavfini kamaytirish maqsadida rahbariyat Yildizni Gonkongga uyushtiriladigan o‘rtoqlik o‘yini uchun safar qaydnomasidan tashqarida qoldirishi mumkin.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0