Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, «Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flik Mark Kasadoni o‘z rejalariga kiritilmagani sababli klub rahbariyatiga uning sotuvini tezlashtirishni topshirgan.

Kataloniya grandi «La Masiya» tarbiyalanuvchisi uchun 40 million yevro narx belgiladi. Futbolchiga Yevropa va Saudiya Arabistoni klublaridan takliflar tushmoqda.

Kasadoning agenti Jorje Mendesh yarim himoyachining faoliyatini qayta tiklashi uchun eng maqbul jamoani topish maqsadida kelib tushayotgan variantlarni atroflicha o‘rganmoqda.

Katta moliyaviy imkoniyatlar va ortib borayotgan takliflar sababli 22 yoshli futbolchining Saudiya Pro-ligasiga o‘tishi eng real variantlardan biri sifatida qaralmoqda.

Kasadoning jamoadan ketishi «Barselona»ning moliyaviy yukini yengillashtiradi va yangi transferlarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘ hamda tarkibda joy ochadi.

Manba: Stadion.uz