«Chelsi» nafaqat yosh, balki tajribali futbolchilar xizmatidan ham foydalanishga qaror qildi. Klub tez orada «Brayton» hujumchisi Danni Uelbek bilan shartnoma imzolashi mumkinligi aytilmoqda. 35 yoshli futbolchi ikki mavsumlik kelishuvga erishishi kutilmoqda.
Taniqli insayder Fabrisio Romano Uelbekning «Chelsi»ga o‘tishga yaqin ekanini tasdiqladi. Bundan tashqari, Romano londonliklar 36 yoshli yarim himoyachi Jordan Xenderson bilan ham shartnoma tuzishini xabar qilmoqda.
Xenderson ham, Uelbek singari, «Chelsi» loyihasida ishtirok etishga rozilik bergan. 36 yoshli yarim himoyachi «Brentford»dan «Chelsi»ga erkin agent sifatida o‘tadi.
Ikkala bitim ham hafta oxirigacha yakunlanishi kerak.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0