«Yuventus»ning sobiq hujumchisi Dushan Vlaxovich hamon «Barselona»ga o‘tish variantini birinchi o‘ringa qo‘ymoqda.
26 yoshli futbolchiga asosiy da’vogar Turkiya klublari hisoblanadi. Ammo serbiyalik hujumchi Turkiya chempionatida o‘ynash ishtiyoqida emas, shu sababli ulardan yuqori maosh talab qilmoqda. Taniqli jurnalist Xerard Romeroning xabariga ko‘ra, «Barselona» bo‘yicha forvarda talablari butunlay boshqacha — kataloniyaliklardan u kamroq maosh so‘ramoqda.
Dushan Vlaxovich to‘rt yarim yil davomida «Yuventus» sharafini himoya qildi. 2025/26 yilgi mavsum yakunlangach, turinliklar bilan shartnomasi tugab, erkin agentga aylandi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0