Insayder Fabrisio Romano «RB Leypsig» vingeri Yan Diomandening Madridning «Real» klubiga o‘tishi bo‘yicha ma’lumot bo‘lishdi. Bitimning barcha shartlari kelishib bo‘lingan, ammo klublar ivuarlik iqtidor egasining transferini e’lon qilishga shoshilmayapti.
«Mendan Diomande transferi nega hali rasman tasdiqlanmagani haqida tez-tez so‘rashadi. Muzokaralarga yaqin manbalarning ta’kidlashicha, «RB Leypsig» o‘yinchini sotishdan oldin uning o‘rniga munosib o‘rinbosar topmoqchi. Kelishuvga erishib bo‘lingan», – deydi Romano Madrid Zone manbasiga asoslanib.
«Real» Yan Diomande uchun 130 million yevrodan ortiq mablag‘ to‘laydi. «Qaymoqranglilar» 19 yoshli istiqbolli yulduz uchun kurashda «PSJ», «Liverpul» va Yevropaning boshqa grand klublarini ortda qoldirdi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0