«Yuventus» va «PSJ» hujumchi Randal Kolo-Muani bo‘yicha yangi muzokaralar o‘tkazadi.

Yaqin 36 soat ichida klublar fransuzning transfer shartlarini to‘liq hal qilib olish uchun bevosita aloqaga chiqadi, deb xabar bermoqda insayder Nikolo Skira. 27 yoshli futbolchining o‘zi «byankoneri» bilan 2031 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan shartnoma shartlarini kelishib bo‘lgan. Hujumchi o‘tishni faol ravishda talab qilmoqda va bitim yakunlanishini kutmoqda.

Oldinroq Randal Kolo-Muani Bundesliga va Saudiya Arabistonidan tushgan takliflarni rad etgan edi. O‘tgan mavsumda futbolchi ijara huquqi asosida «Tottenxem»da to‘p surdi, o‘tgan yilning birinchi yarmida esa «Yuventus»da ham ijarada o‘ynashga ulgurgan edi.

Manba: Stadion.uz