«Palmeyras» Yevropaning yetakchi klublari tomonidan bo‘layotgan qiziqishga qaramay, 16 yoshli vingeri Eduardo Konseysauni jamoada saqlab qolishga qaror qildi. Bu haqda Goal.com xabar bermoqda.
Braziliyalik futbolchini «Barselona», «Real», «Manchester Yunayted», «Manchester Siti» va «PSJ» kuzatib bormoqda. Oldinroq klublar taxminan 25 million yevro va bonuslar taklif qilishga tayyor ekani xabar qilingan edi, ammo Braziliya klubi o‘z pozisiyasini o‘zgartirib, o‘yinchini sotish fikridan qaytdi.
«Palmeyras» Konseysauning avval asosiy tarkibda mustahkam o‘rnashib olishini xohlamoqda va uning kelajakdagi transferini kamida 50 million yevroga baholamoqda.
O‘tmishda klub Endrik va Estevaoni muvaffaqiyatli sotishni uddalagan edi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0