«Koventri» darvozabon Karl Rashvortning transferi bo‘yicha «Brayton» bilan kelishuvga erishdi. The Telegraph xabariga ko‘ra, bitim summasi taxminan 26 million yevroni tashkil etadi, bonuslar va qo‘shimcha to‘lovlar bilan birga bu ko‘rsatkich 35 million yevrogacha yetishi mumkin.
25 yoshli darvozabon «Koventri» tarixidagi eng qimmat xaridga aylanadi. Klubning avvalgi transfer rekordi himoyachi Orel Amendu uchun to‘langan 20 million yevro edi.
Rashvort o‘tgan mavsumda «Koventri» safida ijara asosida to‘p surdi va Chempionshipda g‘olib chiqib, APLga qaytgan jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylandi. Darvozabon barcha turnirlarda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Rashvort yaqin 48 soat ichida tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, shundan so‘ng transfer rasman rasmiylashtirilishi kutilmoqda. «Brayton» kelishuvga futbolchining keyingi sotuvidan ulush olish va qayta sotib olish huquqini kiritgan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0