Hujumchi Bredli Barkola «PSJ»ga shartnomani uzaytirmasligini ma’lum qildi. 23 yoshli futbolchi «Liverpul»ga o‘tishga og‘zaki rozilik berdi. Ammo Barkola hali shartnoma shartlari bo‘yicha to‘liq kelishib olgani yo‘q.
«PSJ» va «Liverpul» o‘rtasidagi Barkola bo‘yicha muzokaralar hozircha dastlabki bosqichda. Klublarning Bredlining transfer narxi bo‘yicha pozisiyalarida katta farq bor, shu sababli bitim tez orada amalga oshishi amrimahol.
Bredli Barkolya «PSJ» safida 152 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 39 ta gol va 37 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali futbolchini 90 million yevroga baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0