«Komo» bosh murabbiyi Sesk Fabregas Italiya futbol federasiyasining Roberto Manchinini milliy terma jamoa bosh murabbiyligiga qaytarish haqidagi qarorini ijobiy baholadi. Ispaniyalik mutaxassis Manchinini hamon eng kuchli italyan murabbiylaridan biri deb hisoblaydi.
«Manchini «Manchester Siti»da ishlagan davrlaridan beri menga doim yoqardi. Biz bir necha bor suhbatlashganmiz. U — sifatli futbol ko‘rsata oladigan, juda talabchan va g‘olib murabbiy. Manchini buni Italiya terma jamoasini Yevropa chempioni qilganida isbotlagan. Uning uchun juda xursandman», – deydi Fabregas Football Italia nashriga.
Seshanba kuni Manchinining oradan uch yil o‘tib yana Italiya terma jamoasiga qaytgani rasman e’lon qilindi. 2023 yilda mutaxassis Saudiya Arabistonida ishlash uchun milliy terma jamoani tark etgan edi.
Oldinroq Italiya futbol federasiyasi Karlo Anchelotti, Xosep Gvardiola va Andrea Pirlo nomzodlarini ko‘rib chiqqan, ammo yakunda tanlovni Manchinida to‘xtatgan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0