Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger Yurgen Klopp tayinlangach, Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Germaniya terma jamoasi JCH-2026 ni muvaffaqiyatsiz yakunlab, 1/16 final bosqichida Paragvayga mag‘lub bo‘ldi va turnirni tark etdi. Sport Bild xabariga ko‘ra, muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng Ryudiger jamoadoshlariga xalqaro faoliyatini yakunlash niyatida ekanini aytgan edi. Ammo Kloppning kelishi bilan 33 yoshli himoyachining rejalari o‘zgardi – endi u terma jamoada o‘ynashda davom etishga tayyor.
Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangani 24 iyul kuni e’lon qilingan edi. «Liverpul»ning sobiq murabbiyi JCHdagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng iste’foga chiqqan Yulian Nagelsmann o‘rnini egalladi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0