Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Endi Byornem FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini ulushlarga bo‘lib sotish g‘oyasiga qarshi chiqdi.
“Futbol investorlarniki emas. U har qanday ob-havoda — yomg‘ir yog‘sa ham, quyosh chiqsa ham, tribunalarni to‘ldirib, o‘z jamoalarini qo‘llab-quvvatlaydigan odamlarniki.
Jahon chempionati sotiladigan tovar emas. Bu global sportdagi eng buyuk musobaqa va u hech qachon hech kimga tegishli bo‘lmagan. Bu kelishuvni xohlagancha nomlang, lekin Jahon chempionati sotiladigan bo‘lsa, hamma narsaga xiyonat qilgan bo‘lasiz. Futbol muxlislarniki. U doim shunday bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi” dedi Byornem.
Avvalroq, FIFA prezidenti Janni Infantino Jahon chempionati tijorat huquqlaridagi ulushlarni xususiy investorlarga sotish rejasini ishlab chiqayotgani xabar qilingandi.
Rejaga ko‘ra, FIFAning 211 ta milliy assosiasiyasi va a’zolarining har biri taxminan 20 million dollarlik ulushga ega bo‘lishi kerak. Assosiasiyalar o‘z ulushlarini saqlab qolishlari yoki darhol qo‘shimcha daromad evaziga sotishlari mumkin bo‘ladi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0