Angliyalik hujumchi Denni Uelbek «Chelsi» bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. London klubi 35 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha «Brayton end Xouv Albion» bilan to‘liq kelishuvga erishdi. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Uelbek «Chelsi» bilan shaxsiy shartnoma shartlarini ham kelishib olgan. Endi futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, shundan so‘ng tomonlar transferni rasman yakunlaydi. «Brayton» esa hujumchining rasmiy transfer so‘rovidan keyin uning ketishiga rozilik bildirgan.

Denni Uelbek «Manchester Yunayted» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va bu klubning asosiy jamoasida ham to‘p surgan. Shuningdek, u faoliyati davomida «Arsenal», «Uotford» va boshqa klublar sharafini ham himoya qilgan. U 2020 yildan buyon «Brayton» safida o‘ynab kelayotgan edi.

O‘tgan mavsumda Uelbek barcha musobaqalarda 40 ta uchrashuvda ishtirok etib, 14 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: Stadion.uz