"Bavariya" Keyn bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni avgust oyida boshlamoqchi.

Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Myunxen klubi Keynga yangi shartnoma taklif qilishga tayyor, chunki klub hujumchini tarkibda saqlab qolmoqchi.

Yakuniy qaror Keyn va uning oilasiga tegishli bo‘ladi. Keynning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilda tugaydi.

O‘tgan mavsumda Harri Keyn "Bavariya" tarkibida 31 o‘yinda 36 ta gol urib, Bundesliganing eng yaxshi to‘purari bo‘lgandi.

Jahon chempionatida esa Keyn Angliya terma jamoasi safida 7ta o‘yinda maydonga tushib, 6ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Manba: Stadion.uz