Myunxenning «Bavariya» klubi bosh direktori Yan-Kristian Drizen 2025/2026 yilgi mavsum Chempionlar ligasi yarim finalida Fransiyaning «PSJ» klubidan uchratilgan mag‘lubiyatni yodga oldi.
«Hammasi boshqacha kechishi mumkin edi. Biz har mavsumda Chempionlar ligasi kubogini qo‘lga kiritishga umid qila olmaymiz. Ammo bu sovrin hamisha bizning maqsadimiz bo‘lib qoladi», — deydi rahbarning so‘zlarini Kicker nashri.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumdagi Chempionlar ligasida «Bavariya» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «PSJ»ga imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi. Birinchi uchrashuvda Vensan Kompani shogirdlari 4:5 hisobida imkoniyatni boy berishgan, javob o‘yini esa 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan.
Parij grandi nufuzli turnir finalida penaltilar seriyasiga ko‘ra Londonning «Arsenal» klubini mag‘lub etgan edi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0