Sevilyaning «Betis» klubi hujumkor yarim himoyachisi Abde Ezzalzuli faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Insayder Matteo Moretto xabar qilishicha, futbolchini «Roma» o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Tomonlar muzokaralar olib bormoqda, ammo hozircha tovon puli miqdori bo‘yicha bir qarorga kela olishmayapti. Ispaniya tomoni 24 yoshli marokashlik futbolchi uchun 40 million yevrodan ortiq mablag‘ talab qilmoqda.
Abde 2023 yilning sentyabr oyidan beri Sevilya jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Ezzalzulining «Betis» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Ispaniya chempionatining o‘tgan mavsumida yarim himoyachi 29 ta o‘yinda maydonga tushgan. Marokashlik futbolchi o‘z hisobiga o‘nta urilgan gol va segizta golli uzatmani yozib qo‘ygan.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0