«Tottenxem» markaziy himoyachisi Kristian Romero «Barselona»dan taklif kutmoqda.

Shu kunlarda argentinalik futbolchi Milanning «Inter» klubiga o‘tishga yaqin ekani ma’lum bo‘lgan edi. Sport ma’lumotlariga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi «nerazzurri» bilan muzokaralarni to‘xtatishga qaror qildi, chunki u «Barselona»dan taklif tushishiga umid qilmoqda. Futbolchining agentlari Kataloniya grandi ushbu transferga qurbi yetishiga va muzokaralarni keyinroq boshlashiga ishonishmoqda. «Inter» esa allaqachon bozorda muqobil variantlarni qidirishni boshlagan.

Kristian Romeroning Italiya klubiga ehtimoliy transferi qiymati 40 mln yevroga baholanayotgan edi. Markaziy himoyachining «shporlar» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Manba: Stadion.uz