Madridning «Real» klubi «Bavariya» yulduzi Maykl Oliseni o‘z safiga qo‘shib olish uchun kutishiga to‘g‘ri keladi.

«Qaymoqranglilar» prezidenti Florentino Peres hali ham vingerning o‘yiniga tan bermoqda va uni Joze Mourinyo jamoasi uchun mukammal kuchaytma deb hisoblaydi, biroq bu yozda transfer aniq amalga oshmaydi, deb tasdiqlaydi insayder Fabrisio Romano. «Bavariya» sotuv imkoniyatini to‘liq istisno etgan. Peres Myunxen klubini hurmat qiladi va adovat paydo qilmoqchi emas.

Shu bilan birga, manbaning qo‘shimcha qilishicha, agar Maykl Olise to‘satdan xarid uchun ochiq bo‘lib qolsa, keyingi yili — «Real» albatta uni sotib olishga harakat qiladi. Transfermarkt ekspertlari 24 yoshli futbolchining qiymatini 170 mln yevroga baholamoqda.

Manba: Stadion.uz