Yulduzli hujumchi Neymar OAV vakillari bilan suhbatda Braziliya terma jamoasidagi faoliyati yakunlanganini ma’lum qildi.
«Menimcha, Braziliya terma jamoasidagi tarixim o‘z nihoyasiga yetdi. Men unga hamma narsamni, bor kuchimni va butun hayotimni bag‘ishladim, lekin endi o‘ynashga xohishim qolmadi deb o‘ylayman», — 34 yoshli futbolchining so‘zlarini ijtimoiy tarmoqlarda Actu Foot keltiradi.
Neymar Braziliya terma jamoasi safida 130 ta o‘yin o‘tkazgan. Hujumchi 80 ta gol urdi va 59 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U milliy terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.
Braziliya terma jamoasi JCH-2026 da muvaffaqiyatsiz ishtirok etdi. 1/8 finalda Karlo Anchelotti shogirdlari Norvegiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0