«PSJ» «Monako» hujumkor yarim himoyachisi Magnes Akliushni o‘z safiga qo‘shib olishga urinishlarni davom ettirmoqda. Bu haqda L'Équipe jurnalistlari xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Parij grandi rahbariyati 24 yoshli futbolchi uchun 45 million yevro taklif qilgan, biroq monegasklar rad javobini berishgan. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar jarayoni davom etmoqda.

O‘tgan mavsumda Akliush 31 ta o‘yinda maydonga tushgan. Vinger o‘z hisobiga oltita urilgan gol va oltita golli uzatmani yozib qo‘ygan.

Magnes 2022 yilning yozidan beri monegasklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2028 yil iyun oyi oxirida tugaydi.

Manba: Stadion.uz