Londonning «Chelsi» klubi yarim himoyachisi Djeymi Bayno Gittens Avstraliyaning «Vestern Sidney» klubiga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Angliyaliklar sergol kechgan o‘yinda 6:4 hisobida g‘alaba qozonishdi.

«Jamoada o‘zimni yaxshi his qilyapman. Jarohatdan so‘ng safga qaytib, gol urganimdan xursandman. Gol urishni yaxshi ko‘raman, bu hamisha ijobiy lahzalar. Shu ruhda davom etishni xohlayman.

Alonso? U men bilan ko‘p ishlaydi, menga yaxshi munosabatda bo‘ladi. U ajoyib mutaxassis va inson, u bilan hamkorlik qilish yoqimli», — futbolchining so‘zlarini «Chelsi» matbuot xizmati keltiradi.

21 yoshli vinger o‘tgan yilning yozida «Chelsi»ga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2032 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Manba: Stadion.uz