Yaponiyaning «Sereso Osaka» hamda Germaniyaning Dortmund shahri sharafini himoya qiluvchi «Borussiya» klublari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi yakunlandi. Uchrashuv Yaponiyaning Osaka shahridagi «Nagai» stadionida bo‘lib o‘tdi. Bahs Osiyo jamoasining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi.
Uchrashuvdagi yagona gol o‘yin boshida kiritildi. 8-minutda «Sereso» hujumchisi Solomon Sakuragava nemis klubi darvozasini ishg‘ol qildi.
25 iyul kuni «Borussiya» boshqa bir o‘rtoqlik o‘yinida Dyusseldorfning «Fortuna» klubiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. 18 iyul kuni esa dortmundliklar yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida Oberxauzenning «Rot-Vayss» jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etishgandi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0