«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford shu yozda jamoani tark etishi mumkin.

Jurnalist Pedro Almeydaning ma’lumotlariga ko‘ra, «An-Nasr» ingliz futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Saudiya klubi transfer bo‘yicha faol ish olib bormoqda.

Markus Reshford «Manchester Yunayted» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning «qizil iblislar» bilan shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.

O‘tgan mavsumda hujumchi ijara asosida «Barselona» sharafini himoya qildi va barcha turnirlarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi hamda 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali Reshfordning transfer qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

Manba: Stadion.uz