«Fulxem» «Real» hujumchisi Gonsalo Garsiyani o‘z safiga qo‘shib olishga urinishlarni davom ettirmoqda.
Marca ma’lumotlariga ko‘ra, londonliklar forvard transferi uchun 60 million yevrodan sal kamroq mablag‘ taklif qilishmoqda. Madrilliklar esa o‘z futbolchisini 60 million yevrodan kamroq narxga qo‘yib yuborishni istamayapti. «Fulxem» Garsiyani o‘z loyihasining «yuzi»ga aylantirishni va jamoani uning atrofida qurmoqchi.
Gonsalo Garsiya «Real» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. 2025/2026 yilgi mavsumda hujumchi «qirollik» klubi safida barcha turnirlarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0