Madridning «Atletiko» klubi futbolchilari «Barselona» hujumchisi Ferran Torresni o‘z jamoalarida ko‘rishni xohlashmoqda.

Marca xabariga ko‘ra, «matraschilar»ning Ispaniya terma jamoasida birga o‘ynash orqali hujumchini yaxshi biladigan vakillari uni «ko‘k-anorranglilar» safini tark etib, Madridga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishga harakat qilishmoqda. «Atletiko» o‘yinchilarining fikricha, Ferran ularning jamoasi asosiy tarkibidan mustahkam o‘rin olib, mahalliy muxlislarning yoqimtoyiga aylanishi mumkin.

Torresning «Barselona» bilan shartnomasi kelgusi yilning yozida yakuniga etadi. 26 yoshli jahon chempionining transfer narxi Transfermarkt portali tomonidan 55 million yevroga baholanmoqda.

Manba: Stadion.uz