«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri shu yozda Madridning «Real» klubi safini to‘ldirishi mumkin.

Ma’lum bo‘lishicha, «shaharliklar» yetakchisi «slivochnie» lageriga ko‘chib o‘tishni istamoqda. The Touchline ma’lumotlariga ko‘ra, Rodrining Ispaniya terma jamoasidagi ba’zi jamoadoshlari unga «qirollik» klubi kiyinish xonasidagi muhit murakkab va tarang ekanini aytib, uni ogohlantirishgan. Ta’kidlanishicha, xavbekni «qizil furiya»ning hozirgi hamda sobiq futbolchilari ogohlantirgan, ammo aniq ismlar, tabiiyki, oshkor qilinmagan.

Rodrining transfer shartlari bo‘yicha hozircha yakuniy kelishuvga erishilmagan, biroq 30 yoshli jahon chempioni «Real»ning ustuvor maqsadlaridan biri hisoblanadi. Futbolchining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida tugaydi.

Manba: Stadion.uz