«Chelsi» markaziy himoyachisi Levi Kolvill jamoadoshi Koul Palmer haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
O‘tgan mavsum 24 yoshli futbolchi uchun muvaffaqiyatsiz kechdi: u jarohatlar sabab tez-tez safdan chiqdi va Jahon chempionatigacha optimal sport formasiga kirishga ulgurmadi, shu sababli Angliya terma jamoasi bilan mundialga bora olmadi.
«Biz hammamiz Koulning qanchalik ajoyib futbolchi ekanini bilamiz. Buni har kuni ko‘rib turibmiz. O‘tgan mavsum jarohatlar sabab u uchun og‘ir kechdi, ammo biz hech qachon uning iqdoriga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmaganmiz. Palmer — biz uchun eng muhim o‘yinchi. U istalgan lahzada hamma narsani tubdan o‘zgartirib yuborishga qodir», — deydi Kolvill Absolute Chelsea nashriga.
Koul Palmer «Chelsi»ning avstraliyalik «Vestern Sidney Uonderers»ga qarshi kechgan yaqindagi o‘rtoqlik uchrashuvida (6:4) zaxiradan maydonga tushib, golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0